Bugun
8
O'zbek

Argentinalik sharhlovchi o‘yin vaqtida Fransiyani «Afrika jamoasi» deb atadi

Futbol
17 iyun, 06:13
Argentinaning DirectTvSports telekanali sharhlovchisi jonli efir vaqtida «qovun tushirdi».
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Argentinalik sharhlovchi o‘yin vaqtida Fransiyani «Afrika jamoasi» deb atadi
Foto: Gettyimages
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 1 Senegal Senegal

Argentinaning DirectTvSports telekanali sharhlovchisi JCH-2026 guruh bosqichi 1-tur doirasidagi Fransiyaning Senegal bilan o‘yini (3:1) vaqtida Desham shogirdlarini «Afrika jamoasi» deb atadi.

Birinchi bo‘lim yakunlanganida sharhlovchi: «Nyu-Jersida birinchi bo‘lim yakuniga yetdi Fransiya va Senegal jamoalari o‘yinida 0:0, Afrika jamoalari bahsida hozircha durang qayd etilmoqda», - dedi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tayotgan 11-iyunda start olgan turnir 19 iyul kuni yakuniga yetadi.

Amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi, 2022-yil Qatarda o‘tgan mundial finalida Messi va jamoadoshlari Fransiya milliy jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar