O‘zbekistonda milliy jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki sharafiga maxsus esdalik tangalari chiqariladi.
Ma’lum qilinishicha, tangalar cheklangan tirajda 18 iyun kuni — O‘zbekistonning Kolumbiyaga qarshi ilk o‘yini kuni muomalaga chiqariladi.
Tanganing old tomonida «Tarixiy g‘alaba. O‘zbekiston futboli — Jahon chempionati 2026» yozuvi aks ettirilgan.
Orqa tomonida esa milliy jamoa timsoliga aylangan Oq bo‘ri tasvirlangan bo‘lib, uning silueti jamoaning 26 nafar futbolchisini birlashtirib turadi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston futboli tarixidagi eng muhim voqealardan biri — milliy jamoaning ilk bor jahon chempionatiga chiqishi sharafiga amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
