Live
1
O'zbek

Azizbek Amonov: "Ikkinchi bo'limda raqib bilan tengma-teng harakat o'ynadik"

Futbol
18 iyun, 13:26
Amonov Kolumbiyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Azizbek Amonov: "Ikkinchi bo'limda raqib bilan tengma-teng harakat o'ynadik"
Фото: ЎФА
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Azizbek Amonov Kolumbiyaga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«O'yinning birinchi bo'limida biz raqibga moslashib oldik. Natijada yigitlar ikkinchi bo'limda o'zlariga kelib ancha ishonib maydonga tushishdi. Ikkinchi bo'limda biz raqib bilan tengma-teng harakat qildik. Ayrim jabhalarda esa ulardan ustunroq ham o'ynadik.

Xudo xohlasa, keyingi o'yinlarda vaziyatni yaxshilashga harakat qilamiz. Raqiblarimiz safida Dias va Xames ancha yaxshi harakat qildi, ular bizni ancha qiynab qo'yishdi. Aynan ular bugungi o'yinda ko'p narsani hal qilishdi», - deya Amonovning so'zlaridan keltiradi O'FA matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar