O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro «La Gazzetta dello Sport» nashriga bergan intervyusida Abduqodir Husanov, Virjil van Deyk va boshqa futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Italiyalik mutaxassis jahon chempionati vaqtida van Deyk bilan suhbatlashganini va niderlandiyalik himoyachi Italiya chempionatida o‘ynash istagini bildirganini aytdi. Kannavaroning fikricha, jismoniy kuch va tezlikka ega futbolchini «Milan» safida ko‘rish qiziqarli bo‘lardi.
Shuningdek, mutaxassis 2006 yilda qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p» sovrini haqida gapirdi. Uning fikricha, Zinedin Zidan finalda Marko Materatsiga bosh bilan zarba bermaganida, ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi ancha qiyin bo‘lardi. Hozirgi himoyachilar orasida esa «Barselona» vakili Pau Kubarsini «Oltin to‘p»ga da’vogar sifatida ko‘rmoqda.
Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasidagi shogirdi Abduqodir Husanovning imkoniyatlarini ham alohida e’tirof etdi.
«Unda ajoyib jismoniy imkoniyatlar bor, ammo u hali sayqallanishi kerak bo‘lgan olmos. Doim soatiga 300 kilometr tezlikda harakat qiladi. Ba’zida to‘pni olib qo‘yadi, ba’zida esa kechikib, hatto qanot hakamini ham urib yuboradi. Bu normal holat, buning ustida ishlashimiz kerak», — dedi murabbiy.
Italiya milliy jamoasi haqida gapirar ekan, Kannavaro ko‘p gol o‘tkazib yuborish muammosi alohida himoyachilarning xatolari bilan emas, balki jamoaviy pressing va to‘pni qaytarib olish tizimidagi kamchiliklar bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi