Fabio Kannavaro «Oltin to‘p» sovrinini o‘zining tug‘ilib o‘sgan shahri klubi «Napoli» bilan Skudetto yutish evaziga berishga tayyorligini aytdi.
«Albatta, uni sizga berishim mumkin. «Oltin to‘p» — bu alohida va noyob sovrin. Men uni qo‘lga kiritganman. Himoyachi uchun bunday mukofotga sazovor bo‘lish odatiy hol emas. Ammo bu jamoaviy emas, individual sovrin», — deya Kannavaroning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirdi.
Ma'lumot uchun, Kannavaro 2006 yilda «Oltin to‘p» sohibiga aylangan. Hozirda u murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqda va O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarmoqda.