O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov JCH-2026ning 1-turidan o‘rin olgan Kolumbiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘yin biz kutgandek qiyin bo‘ldi. Jahon chempionatida ko‘rib turganingizdek, har bir bahslar ancha murosasiz kechmoqda. Shunga qaramay birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo‘limning o‘rtasida biroz charchoq sezildi. Natijada raqib yo‘q joydan gol urib ketdi. O‘yin oxiriga kelib, yana o‘zimizga keldik.
Har bir o‘yin biz uchun muhim hisoblanadi. Maydonda borimizni berishga harakat qilamiz», — deya O'rozovning so‘zlaridan keltiradi O‘FA matbuot xizmati.