Germaniya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Lionel Messining jahon chempionatlaridagi gollar soni bo‘yicha uning rekordiga tenglashganiga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina sardori JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Jazoir darvozasiga uchta gol urib, mundiallardagi gollari sonini 16 taga yetkazdi.
Shu tariqa, Messi uzoq yillar davomida Klozega tegishli bo‘lgan rekordni takrorladi.
«Messining gollar soni bo‘yicha menga yetib olganidan hech qanday e’tirozim yo‘q. Rekordlar yangilanish uchun yaratilgan. Hatto buni aynan Messi amalga oshirganidan xursand bo‘lardim. Men har doim Messining katta muxlisi bo‘lganman. U haqiqiy daho», — dedi Kloze.
Ayni paytda mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Messi va Kloze 16 tadan gol bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ularning ortidan braziliyalik afsona Ronaldo 15 ta gol bilan joy olgan. Keyingi pog‘onalarni esa Germaniya futboli afsonasi Gerd Myuller hamda Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe egallab turibdi. Har ikki futbolchi hisobida 14 tadan gol mavjud.
Messi keyingi uchrashuvlarda gol uradigan bo‘lsa, mundiallar tarixidagi yakka rekordchiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.