Live
1
O'zbek

Ot sporti. Oʻzbekistonlik ikki nafar konkurchi Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Boshqa sportlar
17 iyun, 07:45
Abdullayev va Qurbonov Germaniyadan oʻtgan saralash bosqichi natijalari orqali bunga erishdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Ot sporti. Oʻzbekistonlik ikki nafar konkurchi Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Foto: Olympic uz

18-23 avgust kunlari Germaniyaning Axen shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Xalqaro ot sporti federatsiyasi mazkur musobaqaning saralash davri boʻyicha yakunlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston jamoasi aʼzolari Abdurahmon Abdullayev va Bekzod Qurbonov dunyo birinchiligida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishdi.

Oʻzbekistonlik chavandozlar Jahon chempionatida 155 va 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishadi.

Bugungi yangiliklar