Madridning «Real» klubi o‘zining rasmiy sayti orqali portugaliyalik tajribali yarimhimoyachi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Futbolchi shartnoma muddati yakunlanib, «Manchester Siti»ni tark etdi va endi faoliyatini Madridda davom ettiradi.
Silva va «Real» 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekdilar.
Avvalroq, futbolchining «Real»dagi maoshi yiliga 20 mln yevro bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, futbrolchi shartnoma imzolagani uchun 10 mln yevro bonus puliga ega bo‘ladi, uning agenti Jorje Mendesh va otasiga — yana 10 mln komissiya puli nasib qiladi.
Yakuniga yetgan mavsumda xavbek «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarni inobatga olganda 53 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi. 2017-yildan buyon ingliz klubida Bernardu 19 ta sovrin yutdi, jumladan, 6 bor APL chempionligi va 1 marta UYEFA Chempionlar Ligasini.