Bugun
32
O'zbek

Rodri: «Men faoliyatimni «Manchester Siti»da yakunlayman, deb o‘ylagandim»

Futbol
15 sentabr, 05:20
Ispaniyalik yarimhimoyachi «shaharliklar»dagi faoliyati va klubni tark etish qarori haqida gapirdi.
Rodri: «Men faoliyatimni «Manchester Siti»da yakunlayman, deb o‘ylagandim»
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri Ernandes yozda «Manchester Siti»ni tark etishi haqida fikr bildirdi.

«Men har doim faoliyatimni «Manchester Siti»da yakunlayman, deb o‘ylardim, chunki bu klub menga mutlaqo hamma narsani berdi. Men baxtli edim va Gvardiola bilan birga Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi davrlardan birining bir qismiga aylandim. Hech qachon ketish haqida o‘ylamagandim, ammo klubda qayta qurilish boshlandi. Jahon chempionatidan so‘ng menga yangi chaqiriq kerak degan xulosaga keldim», — deya Rodri so‘zlarini La Vanguardia nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rodri 2019 yildan 2026 yilgacha «Manchester Siti» safida o‘ynadi.

Ma’lumot uchun, u ushbu davrda 4 marta Angliya chempioni bo‘ldi, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi. Shuningdek, ikki marta Angliya Kubogi, uch marta Liga Kubogi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar