Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochiq (Open) yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan O‘zbekiston-1 asosiy jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tarkib 2022 yilda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan chempion jamoa tarkibiga deyarli mos keladi. Bu safargi yagona o‘zgarish — Jahongir Vohidov o‘rniga yosh grossmeyster Muhiddin Madaminovning jamoaga jalb etilganidir.
O‘zbekiston-1 asosiy jamoasi tarkibi:
GM Javohir Sindarov — 2778;
GM Nodirbek Abdusattorov — 2762;
GM Nodirbek Yoqubboyev — 2685;
GM Shamsiddin Vohidov — 2654;
GM Muhiddin Madaminov — 2611.
Jamoa murabbiyi (sardor): GM Rustam Qosimjonov.
Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Turnir 15 sentabrdan 28 sentabrga qadar davom etadi.
Avvalroq Javohir Sindarov dona suradigan jahon chempionati sanasi, formati va mukofot jamg‘armasi tasdiqlangani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi