Bugun
32
O'zbek

Anchelotti Italiya futbolining asosiy muammosini aytdi

Futbol
15 sentabr, 02:35
Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Italiyaning keyingi mundialda qatnashishi haqida ham gapirib o‘tdi.
Anchelotti Italiya futbolining asosiy muammosini aytdi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya futbolida yuqori saviyali futbolchilar avlodini yetishtirish bilan bog‘liq muammo borligi haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, Italiya so‘nggi yillarda jahon darajasidagi kuchli futbolchilar avlodini yetishtira olmadi.

Shu sababli, masalan, hozir Italiyaning yetakchi klublari «Milan», «Inter» va «Yuventus»da yuqori saviyali italiyalik hujumchi yo‘q.

Menimcha, Italiya keyingi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Hozirgi U-20 va U-17 avlodi Yevropada juda yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda.

Ishonchim komilki, yangi avlod yaxshiroq bo‘ladi va Italiya keyingi jahon chempionatiga chiqa oladi», — dedi Anchelotti.

Avvalroq italiyalik mutaxassis «Real» mashg‘ulotlariga tashrif buyurgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Italiya Italiya
Bugungi yangiliklar