«Portu» yarimhimoyachisi Seko Fofana Kot-d’Ivuar milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
«Qadrli Kot-d’Ivuar muxlislari, men uchun bu sahifani yopish vaqti keldi. Mamlakatim, Kot-d’Ivuar sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimni faxr va ulkan minnatdorlik bilan eslayman.
Men qit’aning eng nufuzli sovrinini qo‘lga kiritdim, bolalikdagi orzumni amalga oshirdim. Bu xotiralar millionlab ivuarliklar qalbida abadiy qoladi.
Jamoadoshlarimga, murabbiylar shtabiga va barchangizga qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat aytib qolaman», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Fofana Kot-d’Ivuar milliy jamoasi safida jami 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Avvalroq Mendi Senegal milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagani ma’lum qilingandi.