Ertaga, 18 iyun kuni O'zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatidagi debyut o'yinini o'tkazadi.
Kolumbiyaga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanishini inobatga olgan mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev vatan jamoasiga o'z uyida, yaqinlari bilan muxlislik qilishi uchun xalqga qo'shimcha qulaylik berdi.
Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.
«Prezidentimiz ertangi matchni uyda — oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladilar. 18 iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar», — deya Asadovning so'zlarini keltiradi jurnalist Aziza Qurbonova o'z telegram kanalida.
Prezident topshirig'i: Ertaga O'zbekiston — Kolumbiya o'yini munosabati bilan davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 dan boshlanadi
Futbol
17 iyun, 09:40
Davlat rahbari milliy jamoaning tarixiy debyutini uyda — oila davrasida tomosha qilishga qaror qilgan.
Foto: President uz
17.06.2026, 22:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
O‘zbekiston
-
:
-
Kolumbiya