Bugun
22
O'zbek

Nestor Lorenso O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin: «Kolumbiya o‘z uslubiga sodiq qolishi muhim»

Futbol
17 iyun, 03:00
Kolumbiya milliy jamoasi ustozi JCH-2026 1-turida O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Nestor Lorenso O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin: «Kolumbiya o‘z uslubiga sodiq qolishi muhim»
Foto: Gettyimages
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

Kolumbiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso jahon chempionati 1-turi doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«O‘zbekiston milliy jamoasiga munosib baho berish kerak. Shogirdlarimga buni alohida ta’kidladim. Raqib mundial debyutanti bo‘lsa-da, musobaqaning dastlabki kunlari ko‘rsatdiki, bu yerda kuchsiz jamoalarning o‘zi yo‘q. O‘zbekiston a’lo darajadagi ijrochilar va ajoyib murabbiylar shtabiga ega. Mundialdagi birinchi o‘yin ayniqsa muhim hisoblanadi.

Kolumbiya uchun asosiysi — raqib kim ekanligi va uning darajasi emas, undanda muhimrog‘i, o‘z uslubiga sodiq qolish, g‘alabaga yetaklovchi yo‘llarni izlash va o‘yin rejasini amalga oshirish hisoblanadi.

Ha, Xames Rodriges jismoniy jihatdan yaxshi holatda va jamoani olg‘a yetaklashga tayyor. U maydonda o‘yin tempini boshqara olishi va kerakli pallalarda vaziyatlar yarata olish qobiliyatiga ega unikal futbolchi.

Fursatdan foydalanib, Meksikadagi «Atsteka» stadionida «uy maydoni» effektini yaratuvchi kolumbiyalik muxlislarga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman va ularga chiroyli o‘yin bilan javob berishga harakat qilamiz», - dedi Nestor Lorenso.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar