Live
1
O'zbek

«Real» Mbappe muammosiga yechim topganiga ishonmoqda

Futbol
17 iyun, 10:59
Madrid klubi fransiyalik yulduzning optimal pozitsiyasini aniqlagan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Mbappe muammosiga yechim topganiga ishonmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchi Kilian Mbappening 2025/26 yilgi mavsumdagi asosiy muammosiga yechim topgan deb hisoblamoqda.

Jurnalist Xose Feliks Diasning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» rahbariyati fransuz futbolchisi o‘ziga xos bo‘lmagan pozitsiyada o‘ynagan deb hisoblaydi.

Manbaga ko‘ra, «Real» Mbappeni klassik markaziy hujumchi deb bilmaydi va yangi mavsumda uni o‘zini eng qulay his qiladigan hududda o‘ynatishni rejalashtirmoqda.

Shu tariqa, madridliklar 26 yoshli futbolchidan maksimal darajada foydalanishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024 yilda erkin agent sifatida PSJdan «Real» safiga kelib qo‘shilgandi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fransiyalik yulduz 2025/26 yilgi mavsumda «Real» safida barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Shunga qaramay, klub futbolchining individual statistikasidan ko‘ra, uning maydondagi optimal roli va jamoaviy muvozanatga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar