Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Madridning «Real» klubi Mark Kukurelyani o‘z safiga qo‘shib olishi ma’lum bo‘ldi. E’tiborrli tomoni teskari yo‘nalishda Alvaro Karreras yo‘l olishi mumkin.
AS nashrining xabar berishicha, «Real»da Karreras borasidagi rejalar aniq emas, lekin klub uni daxlsiz o‘yinchi deb hisoblamaydi.
Ma’lum qilinishicha, Karreras «Chelsi»ning yangi murabbiyi Xabi Alonso bilan yaxshi tanish va u ingliz futboliga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi, chunki ispaniyalik «Manchester Yunayted» U-23 jamoasida ham to‘p tepgan.
Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, «Real»dagi barqaror bo‘lmagan birinchi yil Karrerasni qiyin vaziyatda qoldirdi va futbolchining o‘zi ham jamoani tark etish variantiga qiziqish bildirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, «Real» himoyachiga transferi uchun sarflangan 50 million yevroning imkon qadar ko‘proq qismini qaytarishga umid qilmoqda.