Bugun
7
O'zbek

Amorim — «Milan» bosh murabbiyi

Futbol
16 iyun, 12:19
U jamoa bilan ikki yillik bitim imzoladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Amorim — «Milan» bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

«Milan» klubi Ruben Amorimni bosh murabbiy sifatida rasmiy ravishda tanishtirdi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik 41 yoshli mutaxassis Italiya klubi bilan 2028 yilning iyunigacha bitim imzoladi. Tomonlar kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Amorim yangi klubida soliq chegirmalarini hisobga olgan holda yiliga 3,5 mln yevro maosh oladi.

Amorim avvalroq 2024 yilning noyabridan 2026 yilning yanvarigacha «Manchester Yunayted» jamoasini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar