Live
1
O'zbek

Fransiya — favorit, Senegal va Norvegiya pley-off uchun kurashadi. I guruhi haqida

Futbol
16 iyun, 14:15
Navbat I guruhiga keldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Fransiya — favorit, Senegal va Norvegiya pley-off uchun kurashadi. I guruhi haqida
Фото: Getty Images

Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. Fransiya — I guruhida asosiy favorit. Senegal va Norvegiya ham pley-off uchun kurashishga shay. Iroq Osiyoning qolgan jamoalaridan ruhlanib, sensatsiya qayd etishga shaylanmoqda.

Fransiya

Bosh murabbiy: Dide Desham — nafaqat buyuk futbolchi, balki ulkan murabbiy ham. U milliy jamoada futbolchi sifatida 103 o‘yin o‘tkazib, jamoa sardori sifatida jahon va Yevropa chempionatlarida g‘olib chiqqan.

Murabbiy sifatida esa u o‘z natijalarini ham ortda qoldirdi: 14 yil, 177 o‘yin, JChda oltin va kumush, Yevropada esa kumush medal.

To‘g‘ri, Fransiya Desham qo‘l ostida doimo jozibali o‘ynamaydi, ammo har doim amaliy va har qanday raqib uchun juda qiyin jamoa bo‘lib qoladi. Bu uning milliy jamoada so‘nggi turniri bo‘lishi kutilmoqda. Ehtimol, yana chempionlikka erishishi mumkin.

Yulduz: Fransiya tarkibi yulduzlarga boy: Usmon Dembele, Dezire Due, Vilyam Saliba, Maykl Olise va Kilian Mbappe. E’tiborli shundaki, milliy jamoaning barcha chiziqlarida kuchli o‘yinchilar to‘plangan. Ayniqsa, Ngolo Kante kabi tajribali futbolchi qisqa turnirlarda juda muhim.

Tarkib:
Darvozabonlar: Mayk Menyan («Milan»), Bris Samba («Renn»), Roben Risser («Lans»);

Himoyachilar: Luka Din («Aston Villa»), Malo Gyusto («Chelsi»), Luka Ernandes («PSJ»), Teo Ernandes («Al Hilol»), Ibraima Konate («Liverpul»), Jul Kunde («Barselona»), Maksans Lakrua («Kristal Pelas»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»);

Yarimhimoyachilar: Ngolo Kante («Fenerbahche»), Kuadio Kone («Roma»), Adrien Rabio («Milan»), Orelien Chuameni («Real»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»), Magn Akliush («Monako»), Bredli Barkolya («PSJ»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Usmon Dembele («PSJ»), Dezire Due («PSJ»), Maykl Olise («Bavariya»);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («Real»), Jan-Filipp Mateta («Kristal Pelas»), Markus Tyuram («Inter»).

Chempionlikka erishish ehtimoli (Opta): 12,67 foiz.

Senegal

Bosh murabbiy: Bu yerda Pape Tiau ishlamoqda. U 2002 yilgi sensatsion jamoa bilan bog‘liq shaxs. O‘sha mundialda u Anri Kamaraning hal qiluvchi goliga assist bergan. 2024 yil dekabrda milliy jamoani qabul qilib, mundialga olib chiqdi. Afrika Millatlar kubogida ham zafar quchdi. Keyinchalik mojarolarda murabbiyning aybi yo‘q.

Yulduz: Senegal tarkibi tajribali futbolchilardan iborat: Eduard Mendi, Kalidu Kulibali, Idrissa Guye, Nikolas Jekson. Asosiy yulduz — Sadio Mane. Saudiya chempionligini qo‘lga kiritgan Mane yetakchi ham. Mundialda ham u o‘zini ko‘rsatishi kutilmoqda.

Tarkib:
Darvozabonlar: Eduar Mendi («Al Ahli»), Mori Diav («Gavr»), Yevann Diuf («Nissa»).

Himoyachilar: Kalidu Kulibali («Al Hilol»), Muso Niakate («Lion»), El Hoji Malik Diuf («Vest Hem»), Krepin Diatta («Monako»), Mamadu Sarr («Chelsi»), Ismoil Yakobs («Galatasaray»), Antuan Mendi («Nissa»), Abdulay Sek («Makkabi Hayfa»), Mustafo Mbau («Parij»), Ilay Kamara («Anderlext»).

Yarimhimoyachilar: Idrissa Geye («Everton»), Pap Geye («Vilyarreal»), Lamin Kamara («Monako»), Habib Diarra («Sanderlend»), Pap Matar Sarr («Tottenhem»), Paf Siss («Rayo Valekano»).

Hujumchilar: Nikolas Jekson («Bavariya»), Sadio Mane («An Nasr»), Ismoil Sarr («Kristal Pelas»), Bamba Dieng («Loryan»), Iliman Ndiaye («Everton»), Ibrohim Mbae («PSJ»), Assane Diao («Komo»), Sherif Ndiaye («Samsunspor»).

Chempionlikka erishish ehtimoli (Opta): 0,96 foiz.

Norvegiya

Bosh murabbiy

Stole Solbakken uzoq yillar «Kopengagen»ni boshqarib, katta yutuqlarga erishgan. 2020 yildan buyon Norvegiya milliy jamoasini boshqarmoqda. Aytish kerakki, aynan u orqali jamoa o‘sishga erishdi. Yirik turnirlarda qatnashmoqda.

Yulduz: Asosiy figura — Erling Holand. Uning statistikasi hayratlanarli: 50 o‘yinda 55 gol. Uning asosiy sherigi — Martin Edegor. Bu yigitlar mundialda ham porlashi kutilmoqda. Aleksandr Syorlotni ham unutmaslik kerak.

Tarkib:
Darvozabonlar: Erian Nyuland («Sevilya»), Egil Selvik («Uotford»), Sander Tangvik («Hamburg»)

Himoyachilar: Kristoffer Aer («Brentford»), Fredrik Borkan («Budyo-Glimt»), Sondre Langos («Derbi Kaunti»), Lisaker Heggem («Bolonya»), Leo Estigor («Jenoa»), Yulian Ryerson («Borussiya D»), David Myoller Volfe («Vulverhempton»), Henrik Falhener («Viking FK»)

Yarimhimoyachilar: Markus Pedersen («Torino»), Martin Edegor («Arsenal»), Patrik Berg («Budyo-Glimt»), Telo Osgor («Reynjers»), Sander Berge («Fulhem»), Oskar Bobb («Fulhem»), Yens Petter Hauge («Budyo-Glimt»), Fredrik Eursnes («Benfika»), Andreas Shellderup («Benfika»), Kristian Torstvedt («Sassuolo»), Morten Torsbyu («Kremoneze»)

Hujumchilar: Erling Holand («Manchester Siti»), Aleksandr Syorlot («Atletiko»), Yorgen Strann Larsen («Kristal Pelas»), Antonio Nusa («Leyptsig»).

Chempionlikka erishish ehtimoli (Opta): 3,24 foiz.

Iroq

Bosh murabbiy: Grem Arnold — tajribali mutaxassis. Ilgari Avstraliya milliy jamoasini boshqargan. 2025 yilda Iroqni qiyin vaziyatdan chiqarib, mundialga olib chiqdi. Grem o‘z tajribasi bilan bo‘lajak mundialda ham sensatsiyalar qayd etishi mumkin. Har holda ushbu mutaxassis milliy jamoalarda muvaffaqiyatli ishlashga odatlangan.

Yulduz: Katta superyulduzlar yo‘q, ammo quyidagilar ajralib turadi: Ahmad Qosim, Aymen Husayn, Zidan Iqbol. Shuningdek, «Paxtakor»dan chaqirilgan Zaid Tahsin ham JCh-2026da ishtirok etadi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Fahad Tolib («At Talaba»), Ahmad Basil («Ash Shorta»), Jalol Hasan («Az Zavra»);

Himoyachilar: Manaf Yunus («Ash Shorta»), Husayn Ali («Pogon»), Zayd Tahsin («Paxtakor»), Rebin Sulaka («Port»), Akam Hoshim («Az Zavra»), Merxas Doski («Viktoriya»), Ahmad Yahyo («Ash Shorta»), Frans Putros («Persib»), Mustafo Saadun («Ash Shorta»).

Yarimhimoyachilar: Zayd Ismoil («Al Talaba»), Amir Al Ammari («Krakoviya»), Kevin Yakob («Orxus»), Zidan Iqbol («Utrext»), Aymar Sher («Sarpsborg»), Yusuf Amin («AEK Larnaka»), Ibrohim Bayish («Ad Dafra»), Ahmad Qosim («Nashvill»), Marko Farji («Venetsiya»), Ali Jassim («An Najma»);

Hujumchilar: Ali Al Hamadi («Luton»), Ali Yusuf («At Talaba»), Ayman Husayn («Al Karma»), Mohanad Ali («Dibba»).

Chempionlikka erishish ehtimoli (Opta): 0,06 foiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Norvegiya Norvegiya
  • Iroq Iroq
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar