Bugun
7
O'zbek

Ture: «Nazarimda, bu haqda gapirishga hali erta»

Futbol
16 iyun, 07:46
Norvegiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Holand va Mbappe qarama-qarshiligi haqida fikrlarini bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Ture: «Nazarimda, bu haqda gapirishga hali erta»
Foto: Gettyimages
26.06.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya - : - Fransiya Fransiya

Norvegiya milliy jamoasi sobiq forvardi Ture Andre Flo hamyurti Erling Holand va fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening Jahon chempionati-2026dagi qarama-qarshiligi haqida gapirdi.

Ma’lumot uchun, Norvegiya va Fransiya I guruhidan o‘rin egallagan hamda 26 iyun kuni maydonda ro‘baro‘ keladi.

«Nazrimda, bu haqda gapirishga hali vaqtli. Ularning har ikkisi samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. Holand hali jahon chempionatlarida gol urmagan bo‘lsa-da, mana shu iyun oyida u ishini boshlaydi, deb o‘ylayman. Ammo keyin nima bo‘ladi, ko‘ramiz. Qo‘shimchasiga, hozir Mbappe va Holand bu qarama-qarshilik haqida o‘ylamayapti, degan fikrdaman. Ular shunchaki keyingi bosqichga chiqishni istaydi», – deya Flo so‘zlaridan iqtibos keltirdi RMC Sport.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya 28-yil o‘tib, yana JCH final bosqichida ishtirok etadi. Fransiyadan tashqari guruh bosqichida jamoa Iroq va Senegal milliy jamoalariga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar