Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026 guruh bosqichidagi Senegalga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Mutaxassis 2002 yilgi jahon chempionatidagi mag‘lubiyat uchun revansh olish haqidagi savolga javob berdi.
«2002 yilgi bahs uchun revansh? Hozirgi tarkibdagi ko‘plab futbolchilar o‘sha paytda hali tug‘ilmagan ham edi. O‘shandan beri 24 yil o‘tdi, revansh haqidagi fikrlar endi dolzarb emas. Biz yangi tarixni boshlayapmiz», — dedi Desham Actu Foot nashriga bergan intervyusida.
Fransuz mutaxassisi jamoa maydonda bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidladi.
«Bu safar jamoa ijobiy natijaga erishish uchun maydonda 100 foiz kuchini beradi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 2002 yilgi jahon chempionatining ochilish uchrashuvida amaldagi chempion Fransiya sensatsion tarzda Senegalga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Fransiya — Senegal uchrashuvi bugun, 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.