Bugun
7
O'zbek

«Chelsi» Kambyaso uchun taklif tayyorlamoqda

Futbol
16 iyun, 05:36
Xabi Alonso «Yuventus» himoyachisini Kukurelyaning o‘rniga ko‘rmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Chelsi» Kambyaso uchun taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Yuventus»ning qanot himoyachisi Andrea Kambyaso yozgi transfer oynasida Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mirko Di Natale xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Londonning «Chelsi» klubi yaqin kunlarda 26 yoshli italiyalik futbolchi transferi bo‘yicha ilk rasmiy taklifni yuboradi.

Qayd etilishicha, Kambyaso «ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning shaxsiy ro‘yxatidan joy olgan. Ispaniyalik mutaxassis himoyachini Madridning «Real» klubiga o‘tgan Mark Kukurelyaning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

«Yuventus» futbolchi uchun 40 million yevro talab qilmoqda. Biroq tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davomida transfer summasi o‘zgarishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Kambyaso barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Italiya milliy jamoasi a’zosi hisoblangan futbolchi universalligi va hujumga faol qo‘shilishi bilan Yevropaning bir qator top-klublari e’tiborini tortib ulgurgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar