Bugun
7
O'zbek

JCH tarixida noyob holat: bir kunning o‘zida to‘rtta durang qayd etildi

Futbol
16 iyun, 05:40
Mundial tarixida bunday voqea ikkinchi marta yuz bermoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCH tarixida noyob holat: bir kunning o‘zida to‘rtta durang qayd etildi
Foto: Getty Images

JCH-2026 doirasida dushanba kuni o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvning barchasi durang natija bilan yakunlandi.

Kun davomida bir o‘yin 0:0, ikki bahs 1:1 va yana bir uchrashuv 2:2 hisobida tugadi.

Shu tariqa, jahon chempionatlari tarixida bir kun ichida to‘rtta durang qayd etilgan ikkinchi holat kuzatildi.

Bunday natija ilk bor 1958 yil Shvetsiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida qayd etilgandi. O‘shanda bir kun davomida sakkizta uchrashuv o‘tkazilgan bo‘lib, ularning to‘rttasi g‘olibsiz yakunlangan.

1958 yilgi mundial futbol tarixida alohida o‘rin tutadi. Aynan o‘sha turnirda afsonaviy Pelening jahon chempionatlaridagi debyuti bo‘lib o‘tgan va Braziliya o‘z tarixidagi ilk jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

JCH-2026 esa tarixiy statistikalar bilan muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Turnirning dastlabki kunlaridayoq bir qator rekord va noyob natijalar qayd etilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar