Bugun
7
O'zbek

“Dinamo” Dembele va Mavretich bilan xayrlashdi

Futbol
16 iyun, 03:20
Klub futbolchilar bilan kelishuvni o‘zaro to‘xtatganini ma'lum qildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
“Dinamo” Dembele va Mavretich bilan xayrlashdi
Foto: FC Dinamo

Samarqandning “Dinamo” klubi legioner futbolchilar Mahamadu Dembele va Til Mavretich bilan xayrlashdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

“Superligada yuzaga kelgan tanaffus va mavsumning ikkinchi qismi oldidan “Dinamo” jamoasi fransiyalik himoyachi Mahamadu Dembele va sloveniya yarimhimoyachisi Til Mavretich bilan kelishuvni o‘zaro to‘xtatganini ma'lum qiladi.

Klub ikki futbolchi bilan ham do‘stona xayrlashadi. Ularning Samarqanddagi yarim yillik faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatlariga omad hamda zafarlar tilab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq “Dinamo” Ulug‘bek Hoshimov bilan ham xayrlashgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar