«Lans» klubi bosh murabbiy lavozimiga Dino Toppmyollerni tayinlaganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
45 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. U jamoadagi ishini darhol boshlaydi.
Toppmyoller «Lans»da klubni tark etgan Pyer Saju o‘rnini egalladi. O‘tgan mavsumda Saju jamoani Liga 1da ikkinchi o‘ringa olib chiqqan va Fransiya Kubogida g‘olib bo‘lgandi.
Dino Toppmyollarning so‘nggi ish joyi Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bo‘ldi. U nemis jamoasini 2023 yildan 2026 yil yanvarigacha boshqargan.
Mutaxassis ko‘pincha 3-4-3 sxemasidan foydalanishi bilan tanilgan. Shu bois kelasi mavsumda «Lans»ning o‘yin uslubida ham taktik o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining yangi mavsumi 22 avgust kuni start oladi. «Lans» esa Toppmyoller boshchiligida yuqori natijalarni saqlab qolish va Yevropa musobaqalarida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan.