Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Senegal milliy jamoasidan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun mo'ljallangan libosidagi yulduzni olib tashlashni talab qildi. Bu haqda jurnalist Mayki Junior ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
Gap shundaki, qoidalarga ko'ra, emblema ustidagi yulduzlar faqat Jahon chempionatidagi g'alabalar sonini anglatishi mumkin. Boshqa musobaqalardagi yutuqlar uchun yulduz qo'yishga ruxsat berilmaydi. Senegal esa 2021 yilda Afrika Millatlar kubogini qo'lga kiritganidan keyin libosiga bir yulduz qo'shgandi.
Shunga o'xshash holat Misr milliy jamoasi bilan ham yuz berdi — FIFA ulardan ham libosidagi yulduzlarni olib tashlashni so'ragan.
2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada o'tkazilmoqda. Senegal guruh bosqichida Fransiya, Norvegiya va Iroqqa qarshi o'ynaydi.
FIFA Senegal va Misrdan libosidagi yulduzlarni olib tashlashni so'radi
Futbol
14 iyun, 15:40
Xalqaro futbol federatsiyasi qoidalariga ko'ra, faqat jahon chempioni bo'lganlar yulduz qo'yishga haqli.
Foto: Getty Images