Senegal milliy jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali bo'lajak jahon chempionati oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Senegal milliy jamoasi ilgari mundialning chorakfinaliga chiqqan. Ammo bu bir marta amalga oshgan. Unga ham 24 yil bo'ldi. Biz yana shuni takrorlashga harakat qilamiz. Bunga tayyormiz. Jahon chempionati juda murakkab va og'ir turnir. Bor kuch va mahorat bilan harakat qilish kerak. Maqsadimiz – Senegal bilan chorakfinalga chiqish", — deya Kulibalining so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Senegal guruh bosqichida Fransiya, Norvegiya va Iroq bilan to'qnash keladi.