Live
1
O'zbek

Sen-Maksimen MLS klubi bilan kelishuvga erishdi

Futbol
14 iyun, 14:30
29 yoshli vinger yakunlangan mavsumni «Lans»da o'tkazgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Sen-Maksimen MLS klubi bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Allan Sen-Maksimen erkin agent sifatida «Sharlott» safiga o'tish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

29 yoshli vinger MLS klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Fransiyalik futbolchi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismida Sen-Maksimen «Lans»da o'ynab, Liga 1 doirasida 10 ta bahsda 3 tadan gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Hujumkor futbolchi faoliyati davomida «Nyukasl», «Al Ahli Jidda», «Fenerbahche» va «Amerika» klublarida ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Charlotte FC Charlotte FC
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar