Dik Advokat Kyurasao bosh murabbiyi sifatida JCH-2026dagi ilk o'yinini o'tkazmoqda.
Mundialning 1-turida uning jamoasi Germaniyaga qarshi o'ynamoqda.
78 yosh 260 kunlik bo'lgan niderlandiyalik mutaxassis Jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylandi. Dik bu borada ikki kun avval rekord o'rnatgan Chexiyaning 74 yoshli Miroslav Koubekni ortda qoldirdi.
Koubekkacha rekordchi undan oyiga kichik bo'lgan JAR ustozi Ugo Bros edi.
JCH-2026gacha esa rekord Otto Rexagelga tegishli bo'lgan — nemis murabbiyi 2010 yilgi mundialda Gretsiyani 71 yoshida boshqargan.
Dik Advokat Jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylandi
Futbol
14 iyun, 13:50
Kyurasao ustozi bu borada ikki kun avvalgi rekordni yangiladi.
Foto: Getty Images
14.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Germaniya
7
:
1
Kyurasao