Londonning «Chelsi» klubi sobiq himoyachisi Mark Kukurelya Ispaniyaga qaytishga qaror qilgan va shaxsiy hamda oilaviy sabablarga ko‘ra Madridning «Real» klubini tanlagan.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar berdi.
Manbaning yozishicha, londonliklar Yorrel Xatoning o‘yinidagi o‘sish sababli 27 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi bo‘lmagan. O‘z navbatida, Kukurelya ketgach, «Chelsi» Angliya chempionati darajasiga mos kamida ikki nafar asosiy tarkib uchun kurashadigan futbolchi sotib olishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik himoyachi 2022-yildan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib keldi. O‘tgan vaqt mobaynida Mark 163 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Kukurelya bilan 6 mavsumga mo‘ljallangan, 2032-yilgacha bitim imzoladi.