Bugun
7
O'zbek

«Roma» Grinvud bilan kelishuvga erishdi

Futbol
16 iyun, 07:28
Angliyalik vinger Rim klubining asosiy transfer maqsadiga aylangan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Roma» Grinvud bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud «Roma»ga o‘tishga bir qadam qoldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Rim klubi 24 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Kelishuv 2031 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Grinvud yiliga 5 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, shartnomada bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan.

Endilikda «Roma» futbolchi transferini yakunlash uchun «Marsel» bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.

Qayd etilishicha, Grinvud jamoaning yangi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinining asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

2025/26 yilgi mavsumda angliyalik vinger barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yuqori natijadorlik namoyish etgan Grinvudning transferi amalga oshsa, u «Roma» hujum chizig‘ining muhim figurasiga aylanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar