“Marsel”ning qanot hujumchisi Meyson Grinvud “Roma” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “bo‘rilar” angliyalik 24 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha “Marsel”ga taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Rimliklar Grinvudni 5 mln yevroga ijaraga olib, keyinchalik uni 25 mlnga majburiy sotib olishni xohlamoqda.
Ta’kidlanishicha, Italiya klubi bonus sifatida qo‘shimcha 10 mln yevro to‘lashga ham tayyor. Biroq Fransiya klubi kelishuvning umumiy summasi 55 mln yevro bo‘lishini talab qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Grinvud barcha turnirlar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 26 marta ishg‘ol qildi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.