Live
3
O'zbek

Van Bronkhorst – "Feyenoord" bosh murabbiyi (Romano)

Futbol
15 iyun, 11:29
51 yoshli mutaxassis Rotterdam klubi bilan ikki yillik bitim imzolaydi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Van Bronkhorst – "Feyenoord" bosh murabbiyi (Romano)
Фото: Getty Images

Niderlandiyalik mutaxassis Jovanni van Bronkhorst "Feyenoord" qaytdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 51 yoshli mutaxassis Rotterdam klubi bilan ikki yillik bitim imzolaydi. Tez orada barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Van Bronkhorst ilgari ham jamoani 2015-2019 yillarga qadar boshqargan. 2016/17 yilgi mavsumda klubni chempionlikka boshlab kelgan edi.

Shuningdek, uning qo'l ostida jamoa ikki bor Niderlandiya kubogini va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.

Murabbiy faoliyati davomida "Guangzhou City", "Rangers" va "Beşiktaş" klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Feyenord Feyenord
Bugungi yangiliklar