Bugun
13
O'zbek

Fayzullaev: "SSKAga qaytish noto'g'ri qaror bo'ladi. Faoliyatimda yangi qadam tashladim"

Futbol
15 iyun, 12:10
O'zbekistonlik yarimhimoyachi asosiy maqsadini aytdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Fayzullaev: "SSKAga qaytish noto'g'ri qaror bo'ladi. Faoliyatimda yangi qadam tashladim"
Foto: Getty Images

"Istanbul" klubi va O'zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev SSKA klubiga qaytish ehtimolini rad etdi.

— Yaqinda siz SSKAga qaytishingiz mumkinligi haqida gap-so'zlar chiqqandi. Haqiqatdan ham sizga qiziqish bormi?

— Bu haqda bilmayman. Hozir u yerga qaytish noto'g'ri qaror bo'ladi, chunki faoliyatimda yangi qadam tashladim.

Mening maqsadim — Evropaning top-5 chempionatlaridan birida o'ynash. Agar Turkiyada yaxshi futbol ko'rsatsam, Xudo xohlasa, orzum ushaladi
, — dedi Fayzullayev "Sport Ekspress" bilan intervyuda.

Avvalroq 22 yoshli futbolchi JCH-2026 doirasidagi Portugaliyaga qarshi oʻyin haqida gapirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar