Live
4
O'zbek

Fayzullayev: «Messining muxlisi bo'lsam-da, Ronaldu ham menga juda yoqadi»

Futbol
15 iyun, 09:34
Abbosbek Portugaliyaga qarshi bahsdan nimalar kutayotganini aytdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Fayzullayev: «Messining muxlisi bo'lsam-da, Ronaldu ham menga juda yoqadi»
Фото: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Istanbul Bashakshehir» yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi jahon chempionatida Portugaliyaga qarshi o‘yindan nimalar kutayotganini aytdi.

— Sizningcha, Portugaliya hozir Ronaldu bilan kuchlimi yoki usizmi?
— Ehtimol, pressingda - usiz. Ammo Krishtianu maydonda bo'lganida, bu jamoaga ishonch bag'ishlaydi. Aytishim mumkinki, u istalgan paytda o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. U futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Maydonda hali ham nimanidir hal qila olishiga shubha yo‘q.
— Unga qarshi o‘ynash vaqtini kutyapsizlarmi?
— Ha, albatta. Televizorda uning o‘yinini ko‘rganimda doim shuni orzu qilardim. O‘zim Messining muxlisi bo‘lsam-da, Krishtianu ham menga juda yoqadi. Unga qarshi o‘ynash, albatta, orzu», — deya Fayzullayevning so‘zlaridan keltiradi Sport-express nashri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatining 2-turida 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi maydonga chiqadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar