Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges portugaliyalik hujumchining 41 yoshida ham yuqori motivatsiyani qanday saqlab qolayotganini aytib berdi.
«Men ko‘pincha Krishtianuga: «Senda allaqachon hamma narsa bor, endi hayotdan biroz ko‘proq zavqlanaylik», deyman.
U esa menga: «Sizlar men uchun hamma narsasiz, futbol esa mening ishtiyoqim», deb javob beradi.
Eng hayratlanarlisi shundaki, u bilan tanishgan kunimdagi futbolga bo‘lgan ishtiyoqi hozir ham o‘zgarmagan.
U hech qachon o‘zini ayamaydi. Odamlar undan faoliyatini qachon yakunlashini so‘rashadi. Ochig‘ini aytsam, u 50 yoshgacha ham o‘ynay oladi», — dedi Jorjina.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu ayni paytda 41 yoshda bo‘lib, Portugaliya milliy jamoasi safida JCH-2026da ishtirok etmoqda. U turnirning dastlabki ikki uchrashuvida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.