Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen Krishtianu Ronalduning JCH-2026dagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
41 yoshli hujumchi O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi bahsda dubl qayd etib, Portugaliyaning 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. U ilk turda Kongo DRga qarshi bahsda (1:1) gol ura olmagandi.
«Men Krishtianu Ronalduni birinchi bahsdan keyinoq hisobdan chiqarish kulgili ekanini aytgandim.
Hatto O‘zbekistonga qarshi bahsda u xet-trik qayd etishini ham taxmin qilgandim. Xo‘sh, xato qilibman. U atigi ikkita gol urdi!
Ammo biz uning nimalarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rdik. Ronaldu tanqidlardan kuch oladi va aynan shu narsa Portugaliya uchun ijobiy omil hisoblanadi», — dedi Ouen.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu JCH-2026dagi ilk golini aynan O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi bahsda urdi. Portugaliya esa ikki turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilgan jamoalar qatoridan joy oldi.