Rossiya futbol ittifoqi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov JCH-2026 guruh bosqichida Portugaliyadan 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinini tahlil qildi.
«O‘zbekiston Jahon chempionatida ikki xil o‘yin namoyish etdi. Kolumbiyaga qarshi bahsda jamoa munosib ko‘rindi, ayrim jihatlar yaxshi chiqdi. Ammo Portugaliya bilan uchrashuvda jamoa butunlay parchalanib ketdi.
Asosiy muammo shundaki, futbolchilar bunday kuchli raqibga qarshi qanday o‘ynashni bilishmadi. Menda Kannavaro taktika borasida yetarlicha ishlamagan degan taassurot paydo bo‘ldi.
Ular besh himoyachi bilan chuqur himoyalanishga urinishdi, bu foyda bermadi. Keyin esa pressingga o‘tishdi, ammo vaziyat yanada yomonlashdi.
Shunga qaramay, jamoa jismoniy va texnik jihatdan yomon tayyorlanmagan. O‘zbekiston mundial darajasidagi o‘rtacha saviyadagi terma jamoa. Menimcha, bu bahsda asosiy omil taktika bo‘ldi. Albatta, Portugaliya ham juda yuqori saviyada o‘ynadi va haqiqiy mahorat darsini namoyish etdi», — dedi Koloskov.