Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan oʻrin olgan Gana (0:0) bilan oʻyindagi durangdan keyin muxlislarga murojaat qildi.
Nemis mutaxassisi muxlislarni Bostonda yo'qotilgan ochkolar uchun haddan tashqari xavotirga tushmaslikka chaqirdi va jamoa juda yaxshi tashkil etilgan raqibga duch kelganini ta'kidladi.
"Bu — reallik. Oldinda uzoq yo'l turibdi va hali hech kim har o'yinda to'rtta gol urib, telbalarcha oldinga tashlanib, Jahon chempionatini yutmagan.
Biz doimo hujum qilishni xohlaymiz va to'liq kuch bilan o'ynash — vazifamiz. Qayta-qayta urinib ko'rdik, lekin ba'zan bu qiyin bo'ladi, shuning uchun salbiy fikrlarga berilishga hech qanday hojat yo'q.
Buni ko'rish oson emasligini bilaman. Balki men zaxira o'rindig'idan murabbiy sifatida o'yinni boshqacha ko'rardirman, lekin tango uchun ikki kishi kerak", — deya Tuxelning so'zlarini keltiradi Mirror.
Tuxel: "Hech bir jamoa har o'yinda 4 tadan gol urib, Jahon chempionatini yutmagan"
Futbol
24 iyun, 15:40
Inglizlar ustoz Gana bilan durangdan so'ng muxlislarni tinchlantirdi.
Foto: Getty Images
23.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Portugaliya
5
:
0
O‘zbekiston