Jahon chempionati L guruhida 2-turning dastlabki bahsi yakuniga yetdi. Unda Angliya milliy jamoasi Gana bilan to'qnash keldi.
Biroz zerikarli kechgan qarama-qarshilikda hisob ochilmadi, - 0:0. Natijada ingliz 4 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Gana ham huddi shuncha ochko to'plab 2-pog'onada bormoqda.
Tuhel jamoasi 3-turda Panama bilan bellashadi. Afrika vakili esa Xorvatiya bilan hisob-kitob qiladi.
JCH-2026. 2-tur
Angliya – Gana 0:0
Angliya: Pikford, Konsa, Gehi, Jeims, Spens (O’Rayli, 66), Rays, Anderson (Eze, 74), Bellinghem (Rojers, 73), Keyn, Gordon (Saka, 66), Madueke (Reshford, 83).
Gana: Asare, Ajeti, Mensa, Opoku, Senaya, Yirenki, Parti, Sibo, Semenyo, Ayu (Adu, 67), Uilyams (Fatau, 66).