Bugun
7
O'zbek

Angliya mundiallar tarixidagi eng ko‘p durang qayd etgan jamoaga aylandi

Futbol
24 iyun, 08:20
«Uch sherlar» Jahon chempionatlarida yangi rekord o‘rnatdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Angliya mundiallar tarixidagi eng ko‘p durang qayd etgan jamoaga aylandi
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 0 : 0 Gana Gana

Angliya milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Gana bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, mundiallar tarixidagi rekord natijani qayd etdi.

Mazkur bahs angliyaliklar uchun Jahon chempionatlaridagi 23-durang bo‘ldi. Shu tariqa Angliya milliy jamoasi mundiallar tarixida eng ko‘p durang o‘ynagan jamoaga aylandi.

Avval hech bir milliy jamoa Jahon chempionatlarida bunday ko‘rsatkichga erishmagan edi.

Angliya milliy jamoasi futbol tarixidagi eng nufuzli turnirda faqat bir marta chempion bo‘lgan. Bu 1966 yilda sodir bo‘lgan bo‘lib, finalda Germaniya milliy jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda 4:2 hisobida mag‘lub etilgandi.

Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichidagi ikki turdan keyin pley-off yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Jamoa so‘nggi turda Panama milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Gana Gana
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar