Bugun
7
O'zbek

Bellinghem Gana bilan o'yin haqida: «Bu dunyoning oxiri emas»

Futbol
24 iyun, 05:52
Angliya yarimhimoyachisi 2-turdagi durangga munosabat bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Bellinghem Gana bilan o'yin haqida: «Bu dunyoning oxiri emas»
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 0 : 0 Gana Gana

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem Gana bilan 0:0 hisobida yakunlangan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Bellinghem raqib himoyasi jamoasi uchun jiddiy muammo tug‘dirganini ta’kidladi.

«Men ishtirok etgan barcha turnirlarda deyarli bir xil holat kuzatilgan: avval yaxshi o‘yin va g‘alaba, keyin esa ikkinchi bahsdagi qiyinchiliklar.

Raqibning himoyalanishi va o‘yin tashkil etishidan biroz hafsalam pir bo‘ldi. Ammo ularga tan berish kerak — ular aynan o‘zlari istagan natijaga erishdi.

Biz ko‘plab burchak to‘plari, to‘p nazorati va uzoq masofadan zarbalarga ega bo‘lsak ham, ularni yorib o‘ta olmadik.

Hech qanday xavotir, stress yoki drama yo‘q. Bu dunyoning oxiri emas. Endi videolarni tahlil qilamiz, qayerda yaxshiroq o‘ynashimiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz va Panama bilan bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz», — deya Bellinghemning so'zlarini keltirdi Flashscore nashri.

Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi Jahon chempionatining 2-turida Gana bilan nursiz durang o‘ynadi. Jamoa guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini 28 iyun kuni Panama milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Gana Gana
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar