Mazkur bellashuvda Angliya milliy jamoasi to‘pga egalik qilish bo‘yicha jahon chempionati rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Opta portali zabar berdi.
O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, inglizlar raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Angliya milliy jamoasining to‘pga egalik qilish bo‘yicha ko‘rsatkichi 78,8%ni tashkil qildi. Jamoalardan biri to‘p bilan mana shunday katta farq bilan munosabatda bo‘la turib, gol ura olmagan holat 1966-yildan buyon ilk marta kuzatildi.
Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi navbatdagi bahsini 27 iyun kuni Panamaga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.