Bugun
6
O'zbek

Klopp: "Ronalduning shu yoshida ham nimadir oʻxshamay qolsa, qattiq xafa boʻlishi men uchun hayratlanarli"

Futbol
25 iyun, 03:35
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Krishtianu haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Klopp: "Ronalduning shu yoshida ham nimadir oʻxshamay qolsa, qattiq xafa boʻlishi men uchun hayratlanarli"
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Tomoshabin sifatida men biroz mahliyo boʻlib qolaman, chunki Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi soʻnggi 10–15 yillarning eng yaxshi futbolchilaridir.

Birinchi oʻyindan keyin qattiq tanqid qilingan Ronalduning 41 yoshida shunchalik yorqin javob qaytarganini koʻrish juda ajoyib boʻldi. Bu meni xursand qildi.

Krishtianu shu yoshida ham nimadir oʻxshamay qolsa, qattiq xafa boʻlishi va bunga shunday munosabat bildirishini men uchun hayratlanarli holat", — dedi Klopp.

Eslatib oʻtamiz, Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur doirasidagi Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda (5:0) dubl qayd etdi. U bundan avval Kongo DRga qarshi bahsda (1:1) samarali harakat qayd eta olmagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar