Live
1
O'zbek

JCH-2026. O‘zbekiston Portugaliyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, Ronaldudan dubl

Futbol
23 iyun, 14:58
Martines jamoasi guruhda peshqadamga aylandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
JCH-2026. O‘zbekiston Portugaliyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, Ronaldudan dubl
Фото: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Jahon chempionati 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limda katta ustunlikka erishgan Roberto Martines jamoasi uchta gol urdi. Ronaldu dublni rasmiylashtirdi. Mendesh esa jarima to‘pidan so‘ng Ne'matovni ojiz qoldirdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida esa Abduvohid Ne'matov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Leau esa yakuniy nuqtani qo‘ydi, - 5:0.

Bu natijadan so‘ng Portugaliya ochkolar sonini 4 taga yetkazib, peshqadamga aylandi.

O‘zbekiston esa ikki o‘yindan so‘ng birorta ochko to‘play olmagan holda so‘nggi pog‘onada bormoqda. Milliy jamoa 3-tur bahsini Kongo DRga qarshi 28 iyun kuni o‘tkazadi.

JCH-2026. 2-tur
Portugaliya – O‘zbekiston 5:0
Gollar:
Ronaldu 6, 37, Mendesh 17, Abduvohid Ne'matov 60 avtogol, Leau 88.
Portugaliya — Koshta, Ruben Diash, Veiga, Kanselu (Nunesh, 46), Nunu Mendesh, Joau Nevesh (Bernardu Silva, 76), Vitinya (Leau, 83), Brunu Fernandesh, Netu (Konsayshu, 46), Feliks (Trinkau, 63), Ronaldu.
O‘zbekiston Abduvohid Ne'matov, Abduqodir Husonov, Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 46), Sherzod Nasrullaev (Hojiakbar Alijonov, 46), Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullaev, Aziz G‘aniev, Abbosbek Fayzullayev (Igor Sergeev, 73), Behruz Karimov.
Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (14), Renatu Veiga (68)

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar