Teleboshlovchi Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi oʻrtasidagi “kim eng yaxshi?” degan bahs 41 yoshli portugaliyalikning foydasiga hal boʻlganini aytdi.
Ronalduning yaqin doʻsti boʻlgan Morgan 39 yoshli argentinalikning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilganiga munosabat bildirdi.
“Shoshilinch xabar. Lionel Messi Argentina safida 125 ta gol urgan holda milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi — bu futbol tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija.
Krishtianu Ronaldu esa Portugaliya uchun 146 ta gol urgan — bu futbol tarixidagi eng yaxshi natija.
Shu bilan futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi kim ekani haqidagi bahslarga nuqta qoʻyildi”, — deb yozdi Morgan.
Morgan: “Messi 125 ta gol bilan yakunladi, Ronalduda 146 ta. Bahsga nuqta qoʻyildi”
Futbol
31 avgust, 13:04
Portugaliyalik futbolchining doʻsti sanalgan teleboshlovchi Leoning Argentinadagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi