Live
4
O'zbek

Benzema “Al Hilol” bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
31 avgust, 10:59
38 yoshli hujumchi tez orada keyingi jamoasi borasida bir toʻxtamga keladi
Benzema “Al Hilol” bilan shartnomani bekor qildi
Foto: Getty Images

Karim Benzema “Al Hilol”ni tark etdi.

Saudiya klubi “Real” va Fransiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi bilan oʻzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilganini eʼlon qildi.

Benzema shu yil fevral oyidan buyon “Al Hilol” safida toʻp tepib kelayotgandi. U riyodliklar tarkibida barcha turnirlarda 12 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urdi.

Eslatib oʻtamiz, 38 yoshli forvard 2022 yilgi “Oltin toʻp” sohibi hisoblanadi. U faoliyatinining katta qismini Madrid klubida oʻtkazgan, shuningdek, “Lion” va “Al Ittihod” jamoalarida ham oʻynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar