Live
4
O'zbek

Martinelli «Al Hilol»ga o‘tishga rozilik berdi – Romano

Futbol
28 avgust, 11:03
Martinellining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Martinelli «Al Hilol»ga o‘tishga rozilik berdi – Romano  
Фото: Getty Images

«Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli Saudiya Arabistonining «Al Hilol»ga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transferning umumiy qiymati 65 million yevrodan ortiq bo‘ladi. Ayni paytda «Arsenal» va Riyod klubi shartnoma bandlarini kelishib olishning yakuniy bosqichida. Martinellining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ham yaqin kunlarda rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi London klubiga 2019 yilda «Ituano»dan qo‘shilgan edi. Martinellining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar