Live
5
O'zbek

«Arsenal» vingeri Martinelli yangi klubini tanladi

Futbol
28 avgust, 10:50
Braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoniga yo‘l oladigan bo‘ldi.
«Arsenal» vingeri Martinelli yangi klubini tanladi
Foto: Getty Images

«Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli «Al Hilol»ga o‘tishga rozilik berdi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, tomonlar transfer bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida.

Transfer summasi 65 mln yevrodan oshadi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Martinelli o‘tgan mavsumda APLda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. U «Arsenal» safida 2019 yil yozidan beri to‘p tepmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar