Live
5
O'zbek

«Chelsi» Enso Fernandesga o‘rinbosar tanladi

Futbol
28 avgust, 10:34
London klubi «Monako» yarimhimoyachisini transfer qilishni rejalashtirmoqda.
«Chelsi» Enso Fernandesga o‘rinbosar tanladi
Foto: Getty Images

«Chelsi» Enso Fernandes «Manchester Siti»ga o‘tgan taqdirda, uning o‘rniga «Monako» yarimhimoyachisi Lamin Kamaraning transferini amalga oshirmoqchi. TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Chelsi» senegallik futbolchi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Manbaga ko‘ra, London klubi ushbu transfer yuzasidan oyning katta qismida muzokaralar olib borgan. «Monako» 22 yoshli futbolchi uchun 60 mln yevro atrofidagi taklifni qabul qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kamara yangi mavsumda barcha musobaqalarda 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar